ШАРҚ ТАРИХИ, СИЁСАТИ ВА ҲУҚУҚИ ЖУРНАЛИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl

“Шарқ тарих, сиёсат ва ҳуқуқ журнали” ижтимоий фанларига ихтисослашган нашр бўлиб, тарих, антропология, этнография, сиёсатшунослик, ҳуқуқшунослик каби ижтимоий соҳалардаги илмий-амалий инновацион янгиликларни ҳар томонлама ёритишни, журналхонларнинг тарих, ҳуқуқ ва сиёсат соҳасидаги фанларда кузатилаётган илмий янгилик ва ахборотларга бўлган талаб-эҳтиёжларини янада тўлароқ қондиришни, журнал имкониятларидан кенг ва самарали фойдаланишни ўз олдига асосий мақсад қилиб қўяди. Шарқ тарихи, ҳуқуқи, сиёсати соҳасида олиб борилаётган долзарб, янги, илм учун самарадор ҳисобланган ва тақриздан ўтказган маълумотларни оммага эълон қилишни энг асосий вазифалардан ҳисобланади.

Мазкур илмий журнал онлайн нашр қилинадиган бўлиб, йилига 12 марта ўзбек, инглиз, рус тилларида онлайн эълон қилинади.

Таҳририят ўқувчиларни мамлакатимиз ва халқаро ижтимоий фанлар соҳасида рўй бераётган воқеа ва ҳодисалардан, янгиликлардан хабардор этади. Шу билан бирга журналда мамлакатимиз, шунингдек, жаҳон сиёсати, халқаро ҳуқуқ соҳаси намоёндаларининг илмий-публицистик йўналишдаги энг сара асарлари чоп этилади.
SupportScience LLCen-USШАРҚ ТАРИХИ, СИЁСАТИ ВА ҲУҚУҚИ ЖУРНАЛИ2181-2780MA’MURIY SUD ISHLARIDA OLDINDAN HIMOYA CHORALARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3907

Ushbu maqolada ma’muriy sud ish yuritishida oldindan himoya choralarining fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini samarali sud himoyasini ta’minlashdagi muhim vosita sifatidagi o‘rni yoritiladi. Oldindan himoya choralarining huquqiy tabiati, ularning ma’muriy nizolarni ko‘rib chiqish jarayonidagi ahamiyati hamda sud tomonidan qo‘llash xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu choralarni qo‘llashning maqsadlari, asoslari va shartlariga alohida e’tibor qaratiladi hamda yakuniy sud qarori qabul qilinmaguncha arizachining huquqlariga yetishi mumkin bo‘lgan zararni oldini olishdagi roli ochib beriladi. Maqolada ushbu choralarni qo‘llashning mutanosibligi va asoslanganligi, shuningdek, ularning ma’muriy sud ish yuritishda adolat va qonuniylik tamoyillarini ta’minlashga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, oldindan himoya choralar institutining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari hamda uni amaliy qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etiladi.
Saidumar Raxmatov
Copyright (c) 2026 Saidumar Rakhmatov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660410911610.37547/supsci-ojhpl-06-04-10QO‘QON XONLIGINING TASHQI SAVDO ALOQALARI VA ULARNING MARKAZIY OSIYO IQTISODIY TIZIMIDAGI O‘RNI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3935

Ushbu tadqiqotda Qo‘qon xonligining tashqi savdo aloqalari, ularning shakllanish omillari hamda rivojlanish bosqichlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, xonlikning qo‘shni davlatlar, Rossiya imperiyasi, Sharqiy Turkiston va boshqa mintaqalar bilan savdo munosabatlari, savdo yo‘llari, eksport-import mahsulotlari hamda iqtisodiy siyosatining o‘ziga xos jihatlari yoritib beriladi. Tadqiqot natijasida Qo‘qon xonligining tashqi savdo aloqalari Markaziy Osiyo iqtisodiy tizimining shakllanishi va rivojlanishida muhim omillardan biri bo‘lganligi ilmiy asosda isbotlanadi.
Laylo Ruzikulova
Copyright (c) 2026 Laylo Ruzikulova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360422823510.37547/supsci-ojhpl-06-04-25SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI EKOLOGIK MONITORING TIZIMLARINING YOSHLAR EKOLOGIK TAFAKKURIGA TA’SIRI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3970

Sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy ekologik monitoring tizimlarining samaradorligini oshirish va ekologik ongni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosidagi ekologik monitoring tizimlarining yoshlar ekologik tafakkuriga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, interaktiv platformalar va vizualizatsiya vositalari yordamida ekologik ma’lumotlarni yetkazish yoshlar ekologik ongini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, ilmiy-amaliy yondashuv, yoshlar bilan interaktiv metodlar va monitoring natijalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samaradorligi tahlil qilindi.
Elmurod Abdurayemovich Nuraliyev
Copyright (c) 2026 Elmurod Abdurayemovich Nuraliyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160441642210.37547/supsci-ojhpl-06-04-44YOSH RAHBARLARDA FASILITATIV BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘ZGARUVCHI JARAYON (CHANGE PORTIONING) TIZIMINING ROLI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3989

Ushbu maqolada zamonaviy boshqaruv muhitida yosh rahbarlarning fasilitativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Beqarorlik va yuqori sur’atli o‘zgarishlar (VUCA, BANI) sharoitida boshqaruv samaradorligini oshirishda "change portioning" (o‘zgarishlarni qismlarga ajratish) tizimining metodologik roli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘zgarishlarni segmentatsiyalash strategiyasi jamoadagi psixologik qarshilikni kamaytirishi hamda yosh liderlarda moslashuvchan boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishi ilmiy asoslangan.
Elyor Ilhomovich G‘oyibov
Copyright (c) 2026 Elyor Ilhomovich Goyibov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160454254910.37547/supsci-ojhpl-06-04-58 RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINING ROLI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3887

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida iste’molchilar huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, elektron tijorat va onlayn platformalarning rivojlanishi iste’molchilar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda, biroq shu bilan birga insofsiz amaliyotlar, internet firibgarligi hamda raqamli xizmatlardan foydalanuvchilar huquqlarining buzilishi kabi yangi xavflarni ham keltirib chiqarmoqda. Bunday sharoitda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarni iste’molchilar huquqlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining raqamli muhitda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdagi asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi hamda davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Xulkar Rajabova
Copyright (c) 2026 Khulkar Rajabova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604626910.37547/supsci-ojhpl-06-04-06 FARG‘ONA VODIYSI O‘ZBEKLARINING QON KULTI BILAN BOG‘LIQ QARASHLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3914

Maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining qon ramzi bilan bog‘liq qarashlari tahlil qilingan. Unda aosiy e’tibor ushbu muqaddas ramzning genezisiga doir arxaik qarashlar, o‘zbek xalqida qon kultiga bo‘lgan munosabat, oilaviy va diniy marosimlarda mazkur timsolga oid tasavvurlarning aks etishiga qaratilgan.
Shaxnoza Raximova
Copyright (c) 2026 Shakhnoza Rakhimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660416517010.37547/supsci-ojhpl-06-04-17 DANIEL BELL VA ALVIN TOFFLER QARASHLARI ASOSIDA JAMIYAT TRANSFORMATSIYASI TAHLILI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3953

Mazkur maqolada postindustrial va informatsion jamiyat nazariyalarining shakllanishi hamda jamiyat transformatsiyasining konseptual asoslari Daniel Bell va Alvin Toffler qarashlari asosida tahlil qilinadi. Bell tomonidan ilgari surilgan postindustrial jamiyat konsepsiyasida bilim va xizmatlar sektorining ustuvorligi, nazariy bilimning strategik resursga aylanishi hamda texnologik taraqqiyotning ijtimoiy tuzilmalarga ta’siri ochib beriladi. Tofflerning “uchinchi to‘lqin” nazariyasida esa agrar va industrial bosqichlardan keyingi sivilizatsion o‘zgarishlar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat hayotiga kirib kelishi natijasida yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-madaniy model tahlil qilinadi.
Zafar Botirov
Copyright (c) 2026 Zafar Botirov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160431632310.37547/supsci-ojhpl-06-04-33 BLOKCHEYN ASOSIDA NOTARIATI ISLOHOTLAR VA YURIDIK CHAT-BOTLAR: DELAVER VA BUYUK BRITANIYA TAJRIBASI TAHLILI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3977

Ushbu maqolada notariat tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish masalalari yoritiladi. Ayniqsa, blokcheyn texnologiyasining notarial jarayonlarda qo‘llanishi, uning hujjatlarni xavfsiz saqlash va tasdiqlashdagi afzalliklari keng tahlil qilinadi. Shuningdek, Delaver shtatining blokcheyn asosida yuritilgan reyestrlar bo‘yicha tajribasi ko‘rib chiqilib, uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari baholanadi. Maqolaning ikkinchi qismida esa, yuridik konsultatsiyalar uchun chat-botlardan foydalanish masalalari, Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan tartibga solish yondashuvlari, ularning ijobiy jihatlari o‘rganiladi va yakunida O‘zbekiston uchun amaliy takliflar beriladi.
Gavhar Sulaymanovna Kalandarova
Copyright (c) 2026 Gavhar Sulaymanovna Kalandarova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160447848410.37547/supsci-ojhpl-06-04-52ТАЪЛИМ ВА МАДАНИЙ КОД: РАҚАМЛИ ЎЗБЕК ЖАМИЯТИДА АЁЛЛАР ТРАНСФОРМАЦИЯСИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3905

Ушбу мақолада таълим шахснинг маданий кодини шакллантирувчи фундаментал механизм сифатида ижтимоий-фалсафий нуқтаи назардан таҳлил қилинади. Шахсий идентичлик, гендер роллари ва аёлларнинг ижтимоий фаоллигини шакллантиришда оилавий қадриятларнинг ўрнига алоҳида эътибор қаратилган. Рақамли ўзбек жамияти шароитида аёллар идентичлигининг трансформацияси таълим, оила ва рақамли муҳитнинг мураккаб ўзаро таъсири натижаси сифатида талқин этилади. Тадқиқотда анъанавий маданий кодлар ва замонавий рақамли қадриятлар синтези барқарор ижтимоий ривожланиш учун ҳал қилувчи аҳамиятга эга экани таъкидланади.
Моҳидил Мураталиевна Иброхимова
Copyright (c) 2026 Mohidil Muratalievna Ibrokhimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660418719310.37547/supsci-ojhpl-06-04-20 ZAMONAVIY BOSQICHDA OʻZBEKISTON VA TURKIYA MUNOSABATLARINING STRATEGIK JIHATLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3933

Mazkur maqolada zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiya, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamda xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, turkiy davlatlar integratsiyasi, Anqara–Toshkent geosiyosiy o‘qi hamda “4+4” mexanizmining shakllanishi va uning mintaqaviy xavfsizlikdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada O‘zbekistonning mintaqaviy va global jarayonlardagi o‘rni hamda ikki tomonlama munosabatlarning strategik istiqbollari tahlil qilinadi.
Javlon Abdullayev
Copyright (c) 2026 Javlon Abdullayev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360423625110.37547/supsci-ojhpl-06-04-26OʻZBEKISTONDA MILLATLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY - TARIXIY JIHATLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3967

Globallashuv sharoitida jamiyatdagi oʻzgarishlarning muqarrar mantigʻi fuqarolarga ham oʻz ijtimoiy-maʼnaviy turmush tarzlarini mutanosib oʻzgartirishlarini qatʼiy talab qila boshladi. Bunday vaziyatda aholimiz, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy dunyoqarashini mustahkamlash va uni yanada yuksaltirish muhimdir. Rivojlangan davlatlarda adolatli taqsimot holatiga bir tomondan shaxsning individual manfaatdorligini taʼminlash, ikkinchi tomondan esa, yalpi tenglikka erishish orqali intilish xosdir. Oʻzbekistonda esa xalq uchun bosh qadriyat maʼnaviy omillar, ayniqsa inson shaʼni, obru-eʼtibori, nafsoniyati, oriyati, vijdoni hisoblanadi. Bunday ijtimoiy-maʼnaviy talablar oʻz-oʻzidan qadriyatlar qatorini mutanosiblashtirishni, birining ketidan mantiqiy ravishda ikkinchisini qoʻyishni taqozo etadi.
Sadoqat T. Karimova
Copyright (c) 2026 Sadoqat T. Karimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160436137710.37547/supsci-ojhpl-06-04-38 BUXORO AMIRLIGIGA YANGI KOMMUNIKATSIYA TIZIMINING KIRIB KELISHI HAQIDAGI HUJJATLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3987

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligida yangi kommunikatsiya tizimlari, xususan telegraf va temir yo‘l xizmatlarining joriy etilishi jarayoni arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Unda Rossiya imperiyasining tashabbusi va manfaatlari bilan amalga oshirilgan ushbu loyihalarning moliyaviy va tashkiliy jihatlari, qo‘riqlash tizimi, mahalliy aholi va boshqaruv tizimiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, viloyat hokimlarining hisobotlari orqali ushbu jarayonning amaliy muammolari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida telegraf tizimi Buxoro amirligi taraqqiyoti uchun muhim bo‘lganligi bilan birga, Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashga xizmat qilgani xulosa qilinadi.
Ikromjon Shadibayevich Azizov
Copyright (c) 2026 Ikromjon Shadibayevich Azizov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160449150210.37547/supsci-ojhpl-06-04-54ЎЗБЕКИСТОНДА СОВЕТ ДАВРИДА САВДО ТИЗИМИНИНГ ТАШКИЛ ЭТИЛИШИ ВА РИВОЖЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3912

Ушбу мақолада Ўзбекистонда совет даврида савдо тизимининг ташкил этилиши ва унинг ривожланиш хусусиятлари тарихий жиҳатдан таҳлил қилинади. Унда марказлашган режали иқтисодиёт шароитида савдо соҳасининг шаклланиши, давлат томонидан назорат қилиниши, тақсимот тизимининг ўзига хос жиҳатлари ҳамда аҳолини истеъмол товарлари билан таъминлаш механизмлари ёритилган.
Гавхар Эсановна Мўминова
Copyright (c) 2026 Gavkhar Esanovna Muminova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660415115610.37547/supsci-ojhpl-06-04-15 XALQARO TASHKILOTLAR TAHLILLARIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3949

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari xalqaro tashkilotlar hisobotlari va tahliliy materiallari asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda mintaqaviy integratsiya jarayonlari, xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika tizimi hamda suv-energetika masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Maqola natijalariga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar mintaqani barqaror rivojlanish va integratsiya uchun yuqori salohiyatga ega hudud sifatida baholamoqda.
Munira Fayzullayevna XujanovaMuxayyo Jalilova
Copyright (c) 2026 Munira Fayzullayevna Xujanova, Muxayyo Jalilova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160429630510.37547/supsci-ojhpl-06-04-31 ANSAMBLLAR VA ORKESTRLAR TARIXI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3975

Maqolada ansambl va orkestr san’atining shakllanish bosqichlari, ularning tarixiy taraqqiyot tamoyillari hamda o‘zaro bog‘liqlik jihatlari tadqiq etiladi. Musiqiy jamoalarning evolyutsiyasi ijtimoiy-madaniy kontekstda tahlil qilinib, kamer ansambllardan simfonik orkestrlargacha bo‘lgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Bekzod Choriyev
Copyright (c) 2026 Bekzod Choriyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160447047710.37547/supsci-ojhpl-06-04-51 XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA RES JUDICATA PRINSIPI: AVTONOM YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA UNI O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIGA JORIY ETISH SARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3892

Sud qarorlarining yakuniyligini ta'minlaydigan asosiy tamoyil bo'lgan res judicata doktrinasi, transchegaraviy nizolar ko'payib borayotgani va arbitraj nizolarni hal qilishning afzal mexanizmi sifatida paydo bo'lgani sababli, xalqaro tijorat arbitrajida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada res judicataning xalqaro arbitraj qarorlariga qo'llanilishi ko'rib chiqiladi, an'anaviy ichki huquq yondashuvlari va paydo bo'layotgan avtonom transmilliy tamoyillar o'rtasidagi ziddiyat tahlil qilinadi. Zamonaviy ilmiy va arbitraj amaliyotini har tomonlama ko'rib chiqish orqali ushbu tadqiqot kolliziyon normalarni tahlil qilish orqali ichki qonunchilikka tayanish noaniqlik va nomuvofiqlikni keltirib chiqarishini, tomonlar arbitrajda izlayotgan samaradorlik va aniqlikka putur yetkazishini ko'rsatadi. Maqolada taraflar muxtoriyati va arbitrlarning vakolatlariga asoslangan avtonom yondashuv qo'llab-quvvatlanadi, “claim preclusion”, “issue preclusion” va jarayonni suiiste'mol qilish doktrinalarini o'z ichiga olgan keng qamrovli ta'sirlarni taklif qiladi. Yakuniy bo'limda ushbu tamoyillarning O'zbekistonning rivojlanayotgan qonunchilik bazasida amalga oshirilishi o'rganiladi, O'zbekiston arbitraj qonunchiligini mamlakatning fuqarolik huquqi an'analariga hurmat bilan qaragan holda xalqaro eng yaxshi amaliyotlar bilan uyg'unlashtirish uchun qonunchilik islohoti va sud amaliyoti bo'yicha tavsiyalar beriladi.
Sherzodbek Maxmudovich Masadikov
Copyright (c) 2026 Sherzodbek Makhmudovich Masadikov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604234410.37547/supsci-ojhpl-06-04-03 O‘ZBEKISTON MADRASALARI TARIXI VA AKADEMIK ERKINLIK MASALALARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3925

Mazkur maqolada madrasalarning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari va ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududidagi madrasalar faoliyati, ularning ta’lim mazmuni, boshqaruv tizimi va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Madrasalarning nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlar rivojidagi o‘rni asoslab beriladi.
Umida Raxmatovna Kudratova
Copyright (c) 2026 Umida Rakhmatovna Kudratova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604707910.37547/supsci-ojhpl-06-04-07 ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA YETTISUV VA KASPIYORTI VILOYATLARIDA TIBBIY SOHANING AHVOLI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3964

Rossiya imperiyasi hukumati butun Turkiston o‘lkasining barcha viloyatlari qatorida Kaspiyorti hamda Yettisuv viloyatlarida tibbiyotni rivojlantirish borasida bir qator zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rdi.
Zavqiddin Buriyev
Copyright (c) 2026 Zavqiddin Buriyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160438338910.37547/supsci-ojhpl-06-04-40SIYOSIY TAFAKKUR TARIXIDA MEDIATSIYA JARAYONLARIGA DOIR TURLI MUNOSABAT VA YONDASHUVLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3985

Mazkur maqolada siyosiy tafakkur tarixida mediatsiya jarayonlariga doir turli munosabat va yondashuvlar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada mediatsiya insonlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida jamiyatdagi о‘zaro ziddiyatlar va mojarolarni hal qilishga yordam beradigan samarali uslub sifatida rivojlanayotganligi ilmiy jihatdan yoritilgan.
Feruza Nematovna Mahmudova
Copyright (c) 2026 Feruza Nematovna Mahmudova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160451652310.37547/supsci-ojhpl-06-04-56YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY FANLARNING FALSAFIY-AXLOQIY MUAMMOLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3910

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy fanlarning rivojlanishida yuzaga kelayotgan falsafiy va axloqiy muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda jamiyatning modernizatsiya jarayonlari, ma’naviy qadriyatlarning transformatsiyasi, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi paradigmalari hamda ijtimoiy fanlarning metodologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, globalizatsiya sharoitida milliy axloqiy qadriyatlarni saqlash, fuqarolik ongini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish masalalari tahlil etiladi. Maqolada ijtimoiy fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning falsafiy-metodologik asoslari hamda axloqiy mezonlar bilan uyg‘unligi ilmiy yondashuv asosida yoritiladi.
Farrux Nasirdinovich Usmonov
Copyright (c) 2026 Farrukh Nasirdinovich Usmonov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660413514210.37547/supsci-ojhpl-06-04-13 DAVLAT ORGANLARI AXBOROT XIZMATLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI UNIFIKATSIYALASH MASALALARI: AXBOROT KODEKSI LOYIHASI MISOLIDA
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3941

Mazkur maqolada davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni unifikatsiyalash masalalari O‘zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasi misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda sohadagi qonunchilikning tarqoqligi, normalarning takrorlanishi va axborot xizmati rahbarlarining huquqiy maqomidagi dualizm muammolari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida xalqaro ISO/IEC 27001 standartlari va MDH Model kodeksi normalari bilan qiyosiy-huquqiy tahlillar o‘tkazilgan. Maqolada axborot xizmatlarining iyerarxik o‘rnini mustahkamlash, ularga funksional vazifasiga kirmaydigan qo‘shimcha majburiyatlar yuklashni taqiqlash hamda kasbiy odob-axloq qoidalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-huquqiy takliflar ilgari surilgan. Yakunda kodifikatsiya jarayoni davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolarning axborot olish huquqlarini kafolatlashning muhim ekanligi asoslab berilgan.
Sayyora Quchqorova
Copyright (c) 2026 Sayyora Kuchkorova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360427828810.37547/supsci-ojhpl-06-04-29 MIRZO ABDULQODIR BEDIL TA’LIMOTIDA ISHQ-MUHABBAT G‘OYALARINING GUMANISTIK MOHIYATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3973

Ushbu maqolada Mirzo Abdulqodir Bedil ta’limotidagi ishq-muhabbat g‘oyalarining gumanistik mohiyati tahlil qilingan. Muallif Bedil falsafasida ishq tushunchasining insonparvarlik va gumanistik jihatlari, shuningdek, uning inson ma’naviy kamoloti, ruhiy poklanishi va komillikka erishish jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada insoniy muhabbatning mehr-oqibat, bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlik kabi gumanistik qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni ham ko‘rsatilgan.
Oynisa Muxammadieva
Copyright (c) 2026 Oynisa Mukhammadieva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160439040010.37547/supsci-ojhpl-06-04-41 MUSTAQILLIK YILLARIDA “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK IMLOSIGA O‘TISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING IJROSI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3890

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek imlosiga o‘tish to‘g‘risida”gi qonun ijrosining O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi ahamiyati hamda ushbu davrda mavjud vaziyat yuzasidan vujudga kelgan muammolar hamda ularning yеchimlari haqida fikr yuritilgan.
Ahmadjon Norbekov
Copyright (c) 2026 Ahmadjon Norbekov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604546110.37547/supsci-ojhpl-06-04-05 YOSHLARGA HUNARMANDCHILIKNI O‘RGATISHNING TARIXIY-FALSAFIY ASOSLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3922

Mazkur maqolada Sharq xalqlari tarixida hunarmandchilikning o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etilgan. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy va ma’naviy hayotida hunarmandchilikning afzalliklari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu o‘z o‘rnida jamiyat taraqqiyotida milliy hunarmandchilik an’analarining zarurati muhim ekanligi ochib berilgan.
Jаvоxir Mаhmudjоnоv
Copyright (c) 2026 Javakhir Mahmudjonov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660420120710.37547/supsci-ojhpl-06-04-22ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ЖАРАЁНЛАРДА АХБОРОТ ПСИХОЛОГИК ТАҲДИДЛАР ВА МАЪНАВИЙ ХАВФСИЗЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3962

Ушбу мақолада ижтимоий-сиёсий жараёнларда ахборот-психологик таҳдидларнинг шаклланиш механизмлари ҳамда уларнинг маънавий хавфсизликка кўрсатаётган тизимли таъсири комплекс равишда таҳлил этилади. Тадқиқот доирасида концептуал-таҳлилий ёндашув, қиёсий таҳлил ва очиқ манбалар медиа-дискурс таҳлили усуллари қўлланилди. Олинган натижалар ахборот-психологик таҳдидларнинг типологиясини, таъсир каналларини ва жамият барқарорлигига таъсир этувчи омилларни аниқлаш имконини берди. Шунингдек, маънавий хавфсизликни таъминлашга қаратилган институционал ва профилактик механизмларнинг самарадорлиги илмий жиҳатдан асосланди.
Махфуза Юлдашева
Copyright (c) 2026 Makhfuza Yuldasheva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160434235010.37547/supsci-ojhpl-06-04-36O‘ZBEKISTON – POKISTONNING DO‘STLIK VA BARQAROR HAMKORLIK ALOQALARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3980

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va hamkorlik munosabatlar tahlil etilgan. Muallif,O‘zbekistonning Pokiston bilan hamkorligini tarixiy ildizlari, ko‘p qirrali va o'zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, hukumatlararo aloqalari, o‘zaro savdo aloqalar manbalar asosida yoritib bergan. Shu bilan birga kelgusida ushbu aloqalarning yanada rivojlanishi uchun istiqbolli loyihalar va rejalar bo‘yicha ham mulohaza yuritgan. Maqolada O‘zbekiston Milliy Arxiv fondlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumoti, davriy matbuot materiallari hamda vazirliklarning rasmiy internet saytlaridan ham unumli foydalanilgan.
Aziza Aminboyevna Rashidova
Copyright (c) 2026 Aziza Aminboyevna Rashidova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160446446910.37547/supsci-ojhpl-06-04-50TURKISTON JAMIYATIDA AYOLLARNING IJTIMOIY MAVQEI (K.K. Palen senatorlik tekshiruvi hisobotlari asosida. 1908-1909 yillar)
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3908

Maqolada, senator K.K.Palen taftish xisobotlarga kura Turkiston ulkasida musulmon ayolning ijtimoyi statusi, axamiyati va roli kurib chiqilgan.
N.B. Mahmudova
Copyright (c) 2026 N.B. Makhmudova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660417117810.37547/supsci-ojhpl-06-04-18 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИЖРО ХАТИ ИНСТИТУТИ: МУАММО, МУЛОҲАЗА ВА ТАКЛИФ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3936

Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикаси қонунчилигида ижро хати институтининг ҳуқуқий табиати, амалиётдаги муаммолари ва уларни бартараф этиш йўллари таҳлил қилинган. Суд буйруғи ва нотариал ижро хати ўртасидаги функционал ноаниқликлар ҳамда ижро хатларига нисбатан ҳуқуқий таъсир чораларининг чекланганлиги амалиётдаги долзарб масала сифатида кўриб чиқилган. Шунингдек, рақамлаштириш жараёнида электрон ижро хатларини қўллашда юзага келаётган ҳуқуқий кафолатлар муаммоси таҳлил этилган. Қонунчиликни такомиллаштириш юзасидан аниқ таклифлар илгари сурилган. Муаллиф томонидан амалдаги тизимни такомиллаштириш зарурати асослантирилган.
Шоҳруҳмирзо Ғайбуллаев
Copyright (c) 2026 Shokhrukhmirzo Gaybullaev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360420821910.37547/supsci-ojhpl-06-04-23“MUQADDIMA” ASARIDA DAVLAT RAHBARI VA HUKMDORGA XOS BO‘LGAN RAMZLAR TAVSIFI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3971

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Ibn Xaldunning “Muqaddima” asarida davlat rahbari va hukmdorga xos bo‘lgan ramzlar, ularning siyosiy, ijtimoiy hamda ma’naviy mazmuni tahlil qilinadi. Asarda hukmdorlik timsollari sifatida namoyon bo‘ladigan hokimiyat belgilarining mazmun-mohiyati, ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, hukmdor shaxsiga xos sifatlar, hokimiyat ramzlarining jamiyatdagi legitimlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ham tahlil qilinadi.
Shoira DavlatovaShuhrat Qahramonov
Copyright (c) 2026 Shoira Davlatova, Shuhrat Qahramonov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160441041510.37547/supsci-ojhpl-06-04-43O‘ZBEKISTONDAGI ERONIYLARINING TO‘Y MAROSIMLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3990

Ushbu maqola Oʻzbekistonda yashayotgan eroniylarning anʼanaviy toʻy marosimlari va urf-odatlarini oʻrganadi. Unda eroniylarning oilaviy qadriyatlari, nikohga boʻlgan munosabatlari hamda toʻy tayyorgarlik jarayonining oʻziga xos jihatlari, jumladan, kelin tanlash, nikoh uzuklari almashtirish, toʻyning asosiy bosqichlari, anʼanaviy taomlar va raqslar haqida batafsil maʼlumot berilgan. Shuningdek, zamonaviy sharoitda ushbu marosimlarning oʻzgarishi va saqlanib qolayotgan qismlari ham tahlil qilingan. Maqolaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston koʻpmillatli madaniyatining ajralmas qismi boʻlgan eroniylarning toʻy anʼanalarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazishdir.
Sarvar Botirov
Copyright (c) 2026 Sarvar Botirov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160455055710.37547/supsci-ojhpl-06-04-59KONVERTATSIYA QILINADIGAN QARZ SHARTNOMASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3888

Ushbu maqola startaplarni moliyalashtirishning innovatsion vositasi — konvertatsiya qilinadigan qarz shartnomasining (KQSh) huquqiy tabiati va uni O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — majburiyat huquqi va korporativ huquq kesimida vujudga kelgan ushbu “gbrid” institutining nazariy-amaliy jihatlarini ochib berishdan iborat. Maqolada KQShning an’anaviy qarzdan farqlovchi uchta fundamental elementi: konvertatsiya triggeri, baholashni kechiktirish mexanizmi va investorning maxsus nomulkiy vakolatlari atroflicha tahlil qilingan. Muallif KQShni nemis huquqidagi “Gestaltungsrecht” (o‘zgartiruvchi huquq) konsepsiyasi asosida talqin qilib, uni oddiy qarz emas, balki kechiktirilgan korporativ ishtirok bitimi sifatida asoslab beradi. Tadqiqot doirasida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Rossiya tajribasi qiyoslanib, Yevropa Ittifoqining 2017/1129-sonli Reglamenti hamda 2017/1132-sonli Direktivasining startap ekotizimi uchun muhim normalari tadqiq etilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi sifatida, O‘zbekiston huquq tizimida KQSh ijrosini kafolatlovchi “Specific Performance” (majburiyatni aslida ijro etish) instituti, “Most Favored Nation” (MFN) shartining ahamiyati hamda huquqlar transferi (Assignment of Rights) jarayonidagi korporativ cheklovlar ilgari surilgan. Yakunda muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va korporativ qonunchilikni takomillashtirish, xususan, KQShni “aralash shartnoma” sifatida tan olish va konvertatsiya jarayonidagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.
Azizbek Rahmatov
Copyright (c) 2026 Azizbek Rakhmatov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660411210.37547/supsci-ojhpl-06-04-01 THE THEORY OF HUMAN COGNITION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3915

Ushbu maqolada gnoseologik va epistemologik jihatdan inson bilish jarayonida sun’iy intellect fanlarida olingan natijalar, shaxsning his-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini aks ettirish, ijodiy faoliyatning aхloqiy jihatlari, inson borlig‘ini, insonning aqliy qaror qabul qilishi muqarrar ravishda tafakkur jarayonlari va inson intеllеkti tabiati va maqomi bilan chambarchas bog‘liqligi yoritilgan. Inson bilish nazariyasi va sun’iy intellect texnologiyalarida qadriyatlar insonning dastlabki ma’naviy-aхloqiy qiyofasini shakllantirishda, ilmiy va tехnologik taraqqiyotida sun’iy intеllеktdan foydalanishning evristik хaraktеri ochib berilgan.
Jafar Shomirzayevich Mustafayev
Copyright (c) 2026 Jafar Shomirzayevich Mustafayev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660411712510.37547/supsci-ojhpl-06-04-11 AVSTRIYA VA SHVEYSARIYA KONFEDERATSIYASI BILAN HAMKORLIKDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALGA OSHIRILGAN IJTIMOIY HIMOYA QO‘SHMA DASTURLARI TARIXI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3960

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning o‘rni, xususan Avstriya Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi bilan aloqalar tahlil qilinadi. Xalqaro kredit bitimlari, investitsiyalar hamda insonparvarlik yordami orqali ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritiladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda Avstriya va Shveysariya bilan hamkorlikning iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar jihatlari o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, ayniqsa tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi amaliy natijalari ochib berilgan.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro hamkorlik doirasida dori-darmonlar, zamonaviy tibbiy uskunalar va insonparvarlik yordamlari yetkazib berilishi sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga hamda ekologik muammoli hududlarda aholi salomatligini yaxshilashga xizmat qilgan.
Husniddin Abduraximov
Copyright (c) 2026 Husniddin Abdurakhimov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160432433210.37547/supsci-ojhpl-06-04-34 SURXONDARYO VILOYATIDA TA’LIM TIZIMINING TARIXIY RIVOJLANISHI VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH JARAYONLARINING SHAKLLANISHI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3978

Ushbu ilmiy maqola Surxondaryo viloyatida ta’lim tizimi orqali milliy o‘zlikni anglash jarayonlarining mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada viloyatning tarixiy, geografik, madaniy va etnodemografik jihatlarini hisobga olgan holda, ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlar va global dunyoqarashni uyg‘unlashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatida ta’limning barcha bosqichlarida milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan integratsiyalashgan yondashuv samarali natijalar beradi. Maqolada ilmiy-tahliliy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, viloyatning turli tumanlaridagi ta’lim muassasalarida olib borilgan so‘rov va kuzatish natijalari tahli qilingan.
Muxriddin Sa’dullayevich Bozorov
Copyright (c) 2026 Mukhriddin Sa’dullayevich Bozorov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160448549010.37547/supsci-ojhpl-06-04-53 IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATDA “MADANIY PLYURALIZM” KATEGORIYASI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3906

Ushbu maqolada «madaniy plyuralizm» kategoriyasi ijtimoiy-falsafiy tahlilning fundamental obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif jamiyatning monomadaniy modellaridan plyuralistik modellarga o‘tishini tadqiq etib, turli etnik, diniy va ijtimoiy guruhlarning o‘zaro ta’sir mexanizmlarini tahlil qiladi. Globallashuv sharoitida o‘ziga xos madaniy o‘zlikni saqlab qolish va ijtimoiy integratsiya zaruriyati o‘rtasidagi dilemma masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Madaniy plyuralizm shunchaki tafovutlarning mavjudligi emas, balki ijtimoiy muloqotning faol strategiyasi sifatida talqin etiladi.
Charosxon Tojimirzayeva
Copyright (c) 2026 Charoskhon Tojimirzaeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660417918610.37547/supsci-ojhpl-06-04-19 KONTINENTAL HUQUQ TIZIMI MAMLAKATLARI FUQAROLIK PROTSESSIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH AMALIYOTI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3934

Ushbu maqolada kontinental (romano-german) huquq tizimining tarixiy shakllanishi, asosiy belgilari va fuqarolik protsessual huquqning ushbu tizimdagi o‘rni tahlil qilingan. Kontinental huquqning kodifikatsiyaga tayanuvchi tabiati, huquq manbalarining qat’iy ierarxiyasi, huquq tarmoqlarining tizimli ajratilishi hamda sud pretsedentining qoida tariqasida yordamchi ahamiyatga egaligi fuqarolik protsessida huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida asoslanadi. Shu bilan birga, kontinental modelga xos “faol protsess” konsepsiyasi doirasida sudning ishni tayyorlash, dalillarni to‘plash va faktlarni aniqlashdagi roli, sudya ixtiyorining qonun bilan cheklanishi hamda bu holatning adolatli sudlov kafolatlariga ta’siri yoritiladi.
Muxlisa Ma’rufovna Urinboyeva
Copyright (c) 2026 Muxlisa Marufovna Urinboyeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360425226910.37547/supsci-ojhpl-06-04-27 “MAOSIR AL-MULUK” DA SIYOSIY MUNOSABATLARNING AKS ETISHI: MANBA SIFATIDA TARIXIY-NAZARIY TAHLIL VA ILMIY YONDASHUV
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3969

Mazkur maqolada “Maosir al-muluk” asarida aks etgan siyosiy munosabatlar tizimi tarixiy manba sifatida kompleks tahlil qilinadi.Asar Temuriylar davri siyosiy tafakkuri, davlat boshqaruvi, hukmdor va amaldorlar o‘rtasidagi munosabatlar, diplomatik aloqalar hamda siyosiy legitimatsiya masalalarini o‘rganishda muhim manba sifatida ko‘rib chiqiladi.Tadqiqot jarayonida manbashunoslik, tarixiy-qiyosiy, tizimli va nazariy tahlil metodlari qo‘llanilib, asarning siyosiy diskursdagi o‘rni aniqlanadi.Shuningdek, Temuriylar davridagi siyosiy institutlar va ijtimoiy iyerarxiya “Maosir al-muluk” kontekstida yoritilib, ularning Sharq siyosiy tafakkuri rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda baholanadi.Tadqiqot natijalari mazkur asarning nafaqat tarixiy, balki nazariy manba sifatidagi ahamiyatini ham ochib beradi.
Gulizor Shodmonova
Copyright (c) 2026 Gulizor Shodmonova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160442342610.37547/supsci-ojhpl-06-04-45 YAPONIYA — “MARKAZIY OSIYO PLYUS” FORMATI TASHABBUSKORI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3988

Maqolada “Markaziy Osiyo + Yaponiya” ko‘p tomonlama hamkorlik formati shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari tahlil qilinadi. Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy muloqotning shakllanish bosqichlari, 1990-yillar boshida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan davrdan boshlab muntazam ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarining institutsionallashuvigacha bo‘lgan jarayon yoritiladi.

Shuningdek, Yaponiyaning mintaqadagi siyosatining konseptual asoslari hamda hamkorlik faollashuviga ta’sir ko‘rsatgan omillar — mintaqaviy xavfsizlik, energetik manbalarni diversifikatsiya qilish va geosiyosiy dinamika masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Muloqotning asosiy mexanizmlari, iqtisodiy, infratuzilmaviy va gumanitar hamkorlik yo‘nalishlari hamda rasmiy rivojlanish yordamini Yaponiyaning mintaqadagi pozitsiyalarini mustahkamlashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mintaqadagi siyosiy transformatsiyalarning mazkur format rivojiga ta’siri ham tahlil etiladi.

Ta’kidlanishicha, 2025 yilda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo — Yaponiya” yetakchilari birinchi sammiti strategik sheriklikni institutsionallashtirishning muhim bosqichi bo‘lib, hamkorlikni yangi darajaga olib chiqdi.
Azer Adygezalov
Copyright (c) 2026 Azer Adygezalov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160452454110.37547/supsci-ojhpl-06-04-57 QADIMIY DINIY E'TIQODLARDA TABIAT UNSURLARI TALQINI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3913

Ushbu maqolada qadimiy diniy e'tiqodlardan biri bo‘lgan shomonlik va uning marosimiy atributlaridagi tabiat unsurlari bilan bog‘liq etnografik qarashlar aks etgan. Unda shomonlik e'tiqodining tabiat bilan bog‘liq jihatlari, Farg‘ona vodiysi hududida faoliyat olib borayotgan tabib-baxshilarning marosim anjomlari (qamchi, kul, suv, olov, inson sochi va boshq.)dagi o‘zgarishlar yoritib berilgan.
Baxtiyor Xalmuratov
Copyright (c) 2026 Bakhtiyor Khalmuratov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660415716410.37547/supsci-ojhpl-06-04-16 ТРАНСКОНТИНЕНТАЛ ЙЎЛЛАРНИНГ МАРКАЗИЙ ОСИЁДАГИ ИҚТИСОДИЙ ВА ИЖТИМОИЙ ЖАРАЁНЛАРГА ТАЪСИРИ МАСАЛАСИГА ОИД СОВЕТ ДАВРИДА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ТАДҚИҚОТЛАР ТАҲЛИЛИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3950

Мақолада трансконтинентал йўлларнинг Марказий Осиёдаги иқтисодий ва ижтимоий жараёнларга таъсири масаласига оид совет даврида амалга оширилган тадқиқотлар, жумладан, В.Бартольд, Е.М.Массон, А.А.Иерусалимская, А.М.Беленицкий, О.И.Смирнова, Н.В.Дьяконова, А.Н.Бернштам, А.Ю.Якубовский, Ю.А.Зуев, Б.Ғ. Ғофуров, С.Г. Кляшторный, В.А. Лившиц, П.Н. Кожемяко, А.С.Аманжолов, Б.И.Маршак, В.И.Распопова, Ю.А.Заднепровский, Л.Р.Кызласов, Б.А.Литвинский, А.Г. Малявкин, В.П.Мокрынин, Э.В.Шавкунов, А.А.Борисов, А.Язбердыев, Л.И.Чугуевский, А.А.Ромаскевич ва И.Ю.Крачковский каби олимларнинг асарларида келтирилган маълумотлар таҳлил этилган.
Дилшодбек Козимжонович Юсупов
Copyright (c) 2026 Dilshodbek Kozimjonovich Yusupov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160430631510.37547/supsci-ojhpl-06-04-32 YAQIN SHARQ GEOENERGETIK MAKONIDA ENERGIYA RESURSLARI VA TRANSPORT YO‘LAKLARINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3976

Mazkur ilmiy maqolada Yaqin Sharq geoenergetik makonida energiya resurslari va transport yo‘laklarining geosiyosiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqa mamlakatlarining tabiiy gaz va neft kabi energiya resurslarinig zaxiralari, ularning hududiy taqsimlanishi hamda global energetika bozoridagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, energiya resurslarini jahon bozorlariga yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydigan strategik transport yo‘laklari, jumladan dengizlar, dengiz bo‘g‘ozlari va quvurlar tizimining ahamiyati o‘rganiladi. Maqolada energiya resurslari ustidan nazorat va transport yo‘laklari xavfsizligining mintaqaviy hamda global geosiyosiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yaqin Sharq mintaqasining global energetika xavfsizligi va xalqaro siyosiy munosabatlardagi strategik ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Sanjarbek Shuxratovich Abdinabiyev
Copyright (c) 2026 Sanjarbek Shukhratovich Abdinabiyev
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160443344710.37547/supsci-ojhpl-06-04-47 MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARNING IJTIMOIY BARQARORLIK VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI FALSAFIY-METODOLOGIK AHAMIYATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3904

Mazkur maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ularning ijtimoiy barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati falsafiy-metodologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Muallif ma’naviyat va axloq tizimi orqali inson ongida barqarorlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi fazilatlarni shakllantirish zarurligini asoslab beradi. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ijtimoiy xavfsizlik bilan uzviy bog‘liqligi yoritib beriladi.
Ikromjon Usarov
Copyright (c) 2026 Ikromjon Usarov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-066048910810.37547/supsci-ojhpl-06-04-09 JAMIYATNING YANGI RIVOJLANISH BOSQICHIDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLARNING ILMIY-INTELEKTUAL TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISH VAZIFALARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3932

Ushbu maqolada jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida ommaviy-madaniy tadbirlarning ilmiy-intellektual ta’sirchanligini oshirishga oid asosiy vazifalar tahlil qilinadi. Bu tadbirlar jamiyatda madaniy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan yangilanish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Maqolada bayram va tadbirlar xususiyatlari, intellektual targ‘ibot, ommaviy madaniyat vositalari va tadbirlarni samarali tashkil etish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, bu vazifalarni amalga oshirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar, muammolar va ularni hal qilish yo‘llari taklif qilinadi. Maqola ilmiy ahamiyatga va amaliyotga ega bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqishni maqsad qiladi.
Mavludaxon Najmetdinova
Copyright (c) 2026 Mavludakhon Najmetdinova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660422022710.37547/supsci-ojhpl-06-04-24 QUR’ON VA HADIS O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNING NAZARIY ASOSLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3965

Ushbu maqolada Qur’on oyatlari va hadis matnlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar intertekstual tahlil doirasida o‘rganiladi. Intertekstual yondashuv Qur’on–hadis nisbatini faqat “dalillash” yoki “iqtibos” sifatida emas, balki ma’no ko‘chishi, qayta kontekstlashuvi va talqinda semantik kengayish mexanizmi sifatida ko‘rishga imkon beradi. Tadqiqot metodikasi uch bosqichga tayangan: (1) leksik-semantik moslik (kalit leksemalar, formulalar, ritorik qoliplar), (2) mavzuiy–narrativ parallelizm (qadriyatlar, qissaviy motivlar, ibodat va muomala me’yorlari), (3) pragmatik funksiya (tarbiya, huquqiy me’yor, ruhiy tasalli) bo‘yicha kontekstlararo solishtirish. Jadval asosida aniq oyat–hadis juftliklari tanlanib, har bir juftlikda intertekstual bog‘lanish turi (ochiq ishora, yashirin “echo”, mavzuiy parallel, normativ qayta kontekstlashuv) va semantik maydonning kengayishi ko‘rsatildi. Natijalar hadislar ko‘pincha oyatlarda umumiy bayon qilingan tamoyillarni amaliy mezonga aylantirishini, ayrim hollarda esa umumiy hukmni cheklash (taqyid), tafsil berish, yoki ijtimoiy-huquqiy tatbiqqa ko‘chirishini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, intertekstuallik matnshunoslikdagi “o‘xshashlik = ta’sir” xulosasiga avtomatik olib bormasligi ta’kidlanib, u klassik hadis ilmining isnod va matn tanqidi bilan integratsiyada qo‘llangandagina ilmiy ishonchlilik kuchayishi asoslanadi.
Gulnoza Taxirdjonovna Yaqubova
Copyright (c) 2026 Gulnoza Takhirjonovna Yakubova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160435136010.37547/supsci-ojhpl-06-04-37ALISHER NAVOIY FALSAFIY MEROSINING ILOHIY ASOSLARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3986

Ushbu maqola Amir Alisher Nizomiddin Navoiyning falsafiy qarashlarining ilohiy asoslari tahliliy tadqiqiga bagʻishlangan. Vaholanki mutafakkir yashagan davr ijtimoiy-ma'naviy muhit Islom dini zaminida shakllangan yuksak ma'naviyatga asoslanganligi uning falsafiy merosi mohiyatini belgilagan. Alisher Navoiy ma'naviy merosini oʻrganishda har xil davr mafkuralari ham muhim oʻrin tutgan. Uning merosida olam,odam, boshqa barcha mavjudodlar Ollohning irodasi bilan paydo boʻladi yashaydi(mavjud boʻladi) va yoʻqlikka ketadi, faqat boqiy, mutlaq mavjudlik Ollohga xos degan qarash asosiy oʻringa qoʻyilgan. Lekin, shoʻro mafkurasida din va u bilan bogʻliq tushunchalar qoralangani sababli, mutafakkir asarlarining ma'naviy asosini tashkil qilgan ilohiyot bilan bogʻliq boblari cheklangan yoki qisqartirib, haqiqiy mazmuni boshqacha talqin qilingan. Maqolada mutafakkir asarlarida oʻz aksini topgan teran falsafiy qarashlarning mazmun-mohiyati bevosita va yorqin misollar orqali tahlil va xulosalar berilgan.
Toji Omonovich Norov
Copyright (c) 2026 Toji Omonovich Norov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160450351510.37547/supsci-ojhpl-06-04-55САВДО СОҲАСИДАГИ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ ЖАРАЁНЛАР: ТАРИХИЙ ЁНДАШУВ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3911

Мазкур мақолада савдо соҳасидаги ижтимоий-иқтисодий жараёнлар тарихий ёндашув асосида таҳлил қилинади. Хусусан, савдо муносабатларининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари ва уларнинг жамият иқтисодий ҳаётидаги ўрни очиб берилади. Тадқиқотда архив ҳужжатлари, статистик маълумотлар ва даврий матбуот материаллари асосида савдо тизимидаги ўзгаришлар ҳамда уларнинг ижтимоий оқибатлари ўрганилади. Шунингдек, мустақиллик даврида мазкур жараёнларга нисбатан янги методологик ёндашувлар асосида холис баҳолар берилган.
Гавхар Эсановна Мўминова
Copyright (c) 2026 Gavkhar Esanovna Muminova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660414315010.37547/supsci-ojhpl-06-04-14 MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIKNING TARIXIY-FALSAFIY ILDIZLARI VA ZAMONAVIY TALQINI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3948

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning tarixiy-falsafiy ildizlari hamda uning zamonaviy talqini keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqadagi qadimiy sivilizatsiyalar, Buyuk Ipak yo‘li davridagi o‘zaro aloqalar, madaniy va ilmiy hamkorlik an’analari asosida shakllangan integratsion jarayonlarning mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, maqolada mustaqillikdan keyingi davrda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi, uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari falsafiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallif mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda umumiy tarix, madaniyat va qadriyatlarning ahamiyatini asoslab beradi.
Abbosbek Adiljanovich Isroilov
Copyright (c) 2026 Abbosbek Adiljanovich Isroilov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160428929510.37547/supsci-ojhpl-06-04-30 XIX ASR MARKAZIY OSIYODA “BUYUK O‘YIN”: GEOSIYOSIY RAQOBAT VA IMPERIAL STRATEGIYA
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3974

Ushbu tadqiqot XIX asr Markaziy Osiyo hududida “Buyuk o‘yin” davrida Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari o‘rtasidagi strategik raqobatni tahlil qiladi. Ishda mahalliy xonliklarning siyosiy, iqtisodiy va harbiy holati, shuningdek, razvedka faoliyati va diplomatik aloqalar o‘rganilgan. Tadqiqot tarixiy manbalar, elchi xatlari va ekspeditsiya hisobotlariga asoslanadi. Mavzu nafaqat tarixiy, balki zamonaviy geopolitik tahlil uchun ham dolzarbdir. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo hududidagi imperial siyosat va hududiy kuchlar o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tushunishga xizmat qiladi.
To‘raqul HasanboyevOdina Abdujalilova
Copyright (c) 2026 Turaqul Hasanboyev, Odina Abdujalilova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160442743210.37547/supsci-ojhpl-06-04-46MUSTAQILLIKNING DASTLABKI BOSQICHIDA O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI: QONUNCHILIK ASOSLARI VA INSTITUTSIONAL MEXANIZMLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3891

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki bosqichida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qonunchilik asoslari, davlat va jamoat institutlari orqali shakllangan amaliy mexanizmlar hamda ularning rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. 1991-1999-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining normativ-huquqiy bazasi, yoshlarning ijtimoiy himoyasi, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, tadbirkorlik va kasb-hunar tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Tadqiqot natijasida yoshlar siyosati umumiy himoya modelidan maqsadli va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimga aylangani asoslab beriladi.
Mamadali Toshpo‘latov
Copyright (c) 2026 Mamadali Toshpulatov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604455310.37547/supsci-ojhpl-06-04-04 HINDISTONNING ZAMONAVIY TASHQI SIYOSATIDA “TOLIBON” OMILI: MANFAATLAR VA TAHLIKALAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3924

Mazkur maqola Hindistonning zamonaviy tashqi siyosatida “Tolibon” omilining o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Shuningdek, maqolada Afgʻonistonda “Tolibon” harakatining hokimiyatga kelishi Hindistonning mintaqaviy siyosiy strategiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatgani, shuningdek ushbu jarayon bilan bogʻliq siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlari o‘rganiladi. Maqolada Hindistonning Afgʻoniston bilan hamkorlikni saqlab qolish, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash hamda terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi yondashuvlari tahlil etiladi. Shuningdek, “Tolibon” omilining Hindiston tashqi siyosatida yuzaga keltirayotgan imkoniyatlar va tahlikali jihatlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijasida Hindistonning Afgʻonistonga nisbatan olib borayotgan pragmatik va ehtiyotkor tashqi siyosati hamda uning mintaqaviy geosiyosiy jarayonlardagi o‘rni ochib beriladi
Shoislom Akmalov
Copyright (c) 2026 Shoislom Akmalov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604808810.37547/supsci-ojhpl-06-04-08 MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON VA MISR ARAB RESPUBLIKASI O’RTASIDA TA’LIM SOHASIDAGI ALOQALARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3963

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston- Misr o‘rtasidagi ilm-fan ta’lim sohasidagi aloqalar o‘rnatilishi ikki mamlakat Xalq ta’limi tizimi va Oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida hamkorliklarning huquqiy asoslarini yaratilishi va rivojlanish masalalarini o‘z ichiga olgan.
Sevara Ilhomjonovna Saydqulova
Copyright (c) 2026 Sevara Ilkhomzhonovna Saidkulova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160437838210.37547/supsci-ojhpl-06-04-39 1980-YILLARDA FARGʻONA VODIYSI VILOYATLARIDA TIBBIYOT BILIM YURTLARI FAOLIYATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3981

Mazkur maqolada 1980-yillarda Oʻzbekiston SSRda oʻrta maxsus tibbiy taʼlim muassasalarining faoliyati arxiv materiallari asosida tahlil qilindi. Xususan, Namangan tibbiyot bilim yurti, Fargʻona shahar tibbiyot bilim yurti va Qoʻqon tibbiyot bilim yurtining yillik hisobotlari negizida ularning oʻquv-moddiy bazasi, qabul siyosati, kadrlar tarkibi, oʻquv jarayoni, amaliy tayyorgarlik va tarbiyaviy ishlari yoritildi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, mazkur oʻquv muassasalari sovet davrida sogʻliqni saqlash tizimi uchun oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashda muhim oʻrin tutgan. Biroq moddiy-texnika bazasining yetarli emasligi, amaliy tayyorgarlikni tashkil etishdagi ayrim muammolar va eskirgan oʻquv dasturlari taʼlim sifatini cheklab turgan.
Feruzaxon Mutalipovna Karimova
Copyright (c) 2026 Feruzakhon Mutalipovna Karimova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160445446310.37547/supsci-ojhpl-06-04-49IJTIMOIY BILIMNING INTEGRATSIYALASHUVI: FALSAFIY VA METODOLOGIK JIHATLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3909

Mazkur ilmiy maqolada ijtimoiy bilimning integratsiyalashuvi muammosi falsafiy va metodologik jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti sharoitida fanlararo yondashuvning kuchayishi, ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va bilimlar sintezining ahamiyati asoslab beriladi. Ijtimoiy bilim integratsiyasi jamiyatni kompleks anglash, ilmiy haqiqatga erishish hamda ijtimoiy amaliyotni takomillashtirishning muhim omili sifatida talqin etiladi.
Gulsarvinoz Aslamovna Berdikulova
Copyright (c) 2026 Gulsarvinoz Aslamovna Berdikulova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660412613410.37547/supsci-ojhpl-06-04-12 TURKISTONDA KOLLEGIAL BOSHQARUVNING INSTITUTSIONALLASHUVI: GENERAL-GUBERNATOR KENGASHI FAOLIYATINING MA’MURIY-HUQUQIY TAHLILI (1887-1917 YY)
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3937

Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston general-gubernatorligida davlat boshqaruvi tizimining o‘zgarish jarayoni o‘rganilgan. Yakkahokimlik modelidan Turkiston general-gubernatori Kengashini ta’sis etish orqali kollegial tamoyillarni joriy etishga o‘tish tahlil qilingan. Arxiv materiallari asosida 1886-yilgi islohotning huquqiy asoslari, yangi hokimiyatning funksional vazifalari va tarkibiy xususiyatlari ochib berilgan.
Sherzod Abdujabbarov
Copyright (c) 2026 Sherzod Abdujabbarov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-132026-04-1360427027710.37547/supsci-ojhpl-06-04-28FARZAND TARBIYASIDA AJDODLAR MA’NAVIY MEROSINING AHAMIYATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3972

Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi jarayonida ajdodlar ma’naviy merosining ahamiyati tahlil qilingan. Muallif milliy qadriyatlar, urf-odatlar va sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan tarbiyaviy g‘oyalarning yosh avlod ma’naviy kamolotiga ta’sirini yoritadi. Shuningdek, maqolada ajdodlar ma’naviy merosidan foydalanish orqali farzandlarda insonparvarlik, mehr-oqibat va vatanparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Oynisa Muxammadieva
Copyright (c) 2026 Oynisa Mukhammadieva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160440140910.37547/supsci-ojhpl-06-04-42ИЖТИМОИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ ҚАЙТА АНГЛАШДА СИНКРЕТИК ФАЛСАФИЙ ТАФАККУРНИНГ ЭВРИСТИК ФУНКЦИЯСИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3991

Мақолада ижтимоий жараёнларни қайта англашда синкретик фалсафий тафаккурнинг эвристик аҳамияти таҳлил қилинган. Замонавий ижтимоий воқеликнинг мураккаб ва кўп қиррали табиати мазкур соҳадаги анъанавий ёндашувларнинг чекланганлигини кўрсатмоқда. Шу нуқтаи назардан, синкретик тафаккур турли билим шаклларининг шунчаки йиғиндиси эмас, балки уларнинг ўзаро таъсири асосида янги мазмун ва концептуал тушунишларни ҳосил қилувчи ёндашув сифатида талқин этилган. Мақолада синкретизмнинг функционал ва лойиҳавий кўринишлари очиб берилиб, ижтимоий трансформациялар шароитида янги ғояларни шакллантиришдаги роли асосланган. Шунингдек, синкретик фалсафий тафаккур ижтимоий воқеликни чуқурроқ ангФлаш ва истиқболли назарий ёндашувларни ишлаб чиқишда муҳим методологик восита эканлиги таъкидланган.
Даврон Зафарович Камилов
Copyright (c) 2026 Davron Zafarovich Kamilov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160455856610.37547/supsci-ojhpl-06-04-60ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА ШАХСИЙ ДАХЛСИЗЛИК ҲУҚУҚИНИ ЧЕКЛАШНИНГ НАЗАРИЙ МОДЕЛИ ЭЛЕМЕНТЛАРИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3889

Ушбу мақолада жиноят процессида шахсий дахлсизлик ҳуқуқини чеклашнинг ҳуқуқий табиати ва унинг назарий моделини ташкил этувчи асосий элементлар таҳлил қилинади. Тадқиқот давомида шахсий дахлсизлик ҳуқуқини чеклашнинг қонунийлик, зарурлик ва мутаносиблик каби фундаментал принциплари назарий моделнинг таркибий қисмлари сифатида кўриб чиқилади. Муаллиф жиноят ишини юритишда давлат манфаатлари (хавфсизлик ва адолат) ҳамда шахс ҳуқуқлари ўртасидаги мувозанатни таъминлашда суд назоратининг ўрнини алоҳида таъкидлайди. Мақолада шахсий дахлсизликни чеклашнинг назарий модели элементлари сифатида ҳуқуқий асослар, процессуал кафолатлар ва чеклашнинг чегаралари тизимлаштирилган.
Сардор Одилов
Copyright (c) 2026 Sardor Odilov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-06604132210.37547/supsci-ojhpl-06-04-02 SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA YOSHLARNING FALSAFIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ZARURATI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3921

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida yoshlarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish zarurati ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli jamiyatda shakllanayotgan yangi tafakkur modeli, texnologik muhitning inson bilish jarayoniga ta’siri hamda yoshlarning axborot madaniyatini rivojlantirish muammolari ko‘rib chiqiladi.
Nargiza Ruzumbayevna Eshchanova
Copyright (c) 2026 Nargiza Ruzumbayevna Eshchanova
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-062026-04-0660419420010.37547/supsci-ojhpl-06-04-21 ДАВЛАТ ФУҚАРОЛИК ХИЗМАТИДА КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ МАСАЛАЛАРИ
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3961

Мазкур мақолада мамлакатимизда коррупцияга қарши курашиш юзасидан амалга оширилаётган ишлар, айниқса қонунчиликда давлат фуқаролик хизматида коррупциявий ҳолатларини олдини олишдаги ўзига хос жиҳатлари кўриб чиқилиб, шунингдек давлат фуқаролик хизматчиларида коррупцияга нисбатан муросасиз муносабати шакллантириш чора-тадбирлари, маҳаллий ва хорижий олимлар томонидан билдирилган фикр-мулоҳазалар таҳлил қилинди.
К.П. Сеитниязов
Copyright (c) 2026 K.P. Seitniyazov
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160433334110.37547/supsci-ojhpl-06-04-35 OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLOVCHI OMILLAR
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl/article/view/3979

Ushbu maqolada oila mustahkamligini ta’minlashda ayollarning o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritilgan. Xususan, O‘zbekistonda oila institutini qo‘llab-quvvatlash, ayollarning ijtimoiy maqomini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar tahlil qilib berilgan.
Aziza Turayeva
Copyright (c) 2026 Aziza Turayeva
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0
2026-04-212026-04-2160444845310.37547/supsci-ojhpl-06-04-48